Elektron mehnatga qobiliyatsizlik varag‘i (ЭЛН) – bu xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zamonaviy hujjat shakli. U O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi va Ijtimoiy Sug’urta Jamg‘armasiga (ISJ) topshiriladi.
Ushbu maqolada, O‘zbekiston qonunchiligi va hisob-kitob xususiyatlarini inobatga olgan holda, 1C: ZUP 3.1 dasturida «ЭЛН»-ni qanday ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ma’lumot beramiz. Qo’llanmaga amal qilgan holda kompaniyangizda mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishingiz mumkin.
1-Qadam. «ЭЛН» ni yuklashni qayta ishlash bo‘limiga o‘tish
- «Кадры» → «Больничные листы» → «Загрузка электронных больничных» menyusiga o‘ting.
- Elektron mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari bilan ishlash oynasi ochiladi («Загрузка электронных больничных»)
2-Qadam. Yuklash parametrlari ko‘rsatilishi
- Forma yuqorisida quyidagi maydonlarni to‘ldiring:
- Tashkilot («Организация»): o‘z tashkilotingizni tanlang.
- Sana bo‘yicha («Дата»): «ЭЛН» ma’lumotlarini yuklab olishni boshlash kerak bo‘lgan boshlang‘ich sanani ko‘rsating.
- Mas’ul shaxs («Ответственный«): mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul xodimni tanlang.
- «Загрузить ЭЛН» tugmasini bosing.
3-Qadam. «Больничный лист» hujjatini yaratish
- Yuklangan «ЭЛН» qatorini tanlang.
- Formaning pastki qismida joylashgan «Создать документы» tugmasini bosing.
- Dastur yuklangan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda «Больничный лист» hujjatini yaratadi.
4-Qadam. «Больничный лист» hujatini qayta ishlash
- Yaratilgan «Больничный лист» hujjatini oching.
- Asosiy ma’lumotlarni tekshiring:
- Oy («Месяц»)
- Xodimning F.I.O. («Ф.И.О. сотрудника»)
- Ishdan bo‘shatish davri («Период освобождения от работы»)
- Tashxis va mehnatga qobiliyatsizlik sababi («Диагноз и причина нетрудоспособности»)
- «Оплата» yorlig‘ida ISJ orqali to‘lov parametrlari to‘g‘ri o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling:
- «Часть суммы выплачивается фондом социального страхования« belgisini tekshiring.
- ISJ tomonidan to‘lanadigan summa to‘g‘ri aks etganligiga ishonch hosil qiling.
5-Qadam. Hujjatni amalga oshirish
- Barcha ma’lumotlarni tekshirgandan so‘ng, «Провести и закрыть« tugmasini bosing.
- Hujjat ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ma’lumotlar ish haqi hisob-kitoblarida hisobga olinadi.